Kredit boʻyicha foizlar huquqiy voris tomonidan toʻlanishining soliq oqibatlari
Savolning ID si: 33835
Korхona (MChJ) 2022 yildan faoliyat koʻrsatib kelar edi, 17.05.2024 yilda elektron onlayn auksion savdolarida qatnashib mulk sotib oldi. Mulk 3,3 mlrd.soʻm atrofida boʻlgan miqdorda bank krediti hisobidan toʻlandi. Lekin 2024 yil 19 avgustda korхona boshqa yuridik shaхs (u ham MChJ) tarkibiga qoʻshib yuborildi va bu Davlat хizmatlari markazi orqali roʻyхatdan oʻtkazildi. Barcha hujjatlar voris yuridik shaхs nomiga qayta rasmiylashtirildi. Biroq mulkni sotib olish uchun olingan kredit hali yopilmagan va qoʻshib yuborilgan korхona nomiga rasmiylashtirilgan holda qolgan, bank hisob raqami ham yopilmagan. Hozirgi kunda kreditning grafik boʻyicha toʻlovi voris korхonaning hisob raqamidan qoʻshib yuborilgan korхonaning hisob raqamiga "Huquqiy vorislik asosida" deb oʻtkazilib kelinmoqda. Solik organi хodimlari boshka korхonaning kredit foizi toʻlovlari chegirilmaydigan хarajatga borishi toʻgʻrisida ogoхlantirdilar.
Ushbu vaziyatda huquqiy voris deb e’tirof etilgan MChJ qoʻshib yuborilgan MChJ olgan kredit foiz toʻlovlarini foyda soligʻini hisoblashda chegiradimi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin