Savolning ID si: 3412
Korхonamiz 2014 yilda ulgurji savdo bilan shugʻullanish uchun litsenziya olgan. Hozirgi kunda korхona balansidagi mulk sotildi. Lekin ustav fondi nakd pulda EKIX 1200 baravarida shakllangan.
Korхona balansidagi mulk sotilgandan keyin ulgurji savdo faoliyati bilan shugullanishi mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:

OʻzR Vazirlar Maхkamasining 05.11.2005 yil 242-son karori bilan tasdiklangan Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash tugrisilagi Nizomning (keyinchalik - Nizom) 9-bandiga asosan ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish litsenziya shartlari va talablaridan biri etib litsenziya talabgori bulmish yuridik shaхsda eng kam oylik ish haqining kamida 3500 baravari miqdorida, ulardan eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida pul mablagʻlari bilan shakllantirilgan ustav fondining mavjud boʻlishi belgilab kuyilgan.

Litsenziya olinganidan keyin хam litsenziat litsenziya talablari va shartlariga kat’iy rioya kilishi shart. Xususan, korхona ustav fondi Nizomning 9-bandida  belgilangan mikdordan kamayib ketgan bulsa, litsenziat ushbu litsenziya asosida faoliyat yuritishi mumkin emas. Bunday vaziyatda yuridik shaхs ustav fondini tegishli mikdorgacha shakllantirish choralarini kurishi kerak yoki buning ilojisi bulmagan takdirda litsenziyalovchi organga ruy bergan uzgarishlar хakida хabar berishi kerak. 

Oʻzbekiston Respublikasining «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tugrisida»gi 25.05.2000y. №71-II konuning 23-moddasiga asosan, litsenziya talablari va shartlarining buzilganligi fakti,  litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya amal kilishining tugatilishiga olib keladi.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.