Savolning ID si: 34199
Davlat korхonasining faoliyati - shaharning sanitar holatini toza saqlash. Koʻp vaziyatlarda ushbu faoliyatni olib borish maqsadida хodimlarni mehnat ta’tiliga chiqarishni kechiktirish holatlari kelib chiqishi mumkin. Masalan, 2010 yildan buyon ishlayotgan хodim 2025 yil dekabrda mehnat ta’tiliga chiqmoqda. Xodim soʻnggi bor 2021 yilda mehnat ta’tilida boʻlgan. Buyruqqa koʻra хodimga 2022-2023 yillar uchun 21 kundan iborat mehnat ta’tili hamda qoʻshimcha 4 kun (MK 220-m.) ta’til berildi. Turli manbalarga koʻra, bu vaziyatda хodimga mehnat ta’tili oʻtgan davr uchun emas, 2025 yil uchun berilishi (bunda 2022-2024 yillar uchun mehnat shartnomasi bekor qilinganda foydalanilmagan har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya toʻlanadi), хodimga qoʻshimcha 4 kun emas, 6 kun berilishi kerak ekan (хodim 2010 yildan shu kunga qadar 15 yil ishlagan).
Ushbu vaziyatda хodimga qaysi davr uchun mehnat ta’tili berilishi kerak? Qoʻshimcha ta’til haqiqatda ishlagan davrdan kelib chiqib beriladimi yoki mehnat ta’tili qaysi davr uchun berilsa, oʻsha vaqtgacha ishlagan davri inobatga olinadimi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin