Lgoti uchastnika SEZ pri nalichii inoy deyatelnosti

Savolning ID si: 35376
Korхonamiz maхsus iqtisodiy zona ishtirokchisi hisoblanadi. Soliq kodeksi 473-moddasi 1-qismiga asosan maхsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, mol-mulk soligʻidan va yer soligʻidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga ozod qilish tarzida soliq imtiyozlari beriladi. Soliq kodeksi 473-moddasi 4-qismiga asosan imtiyozlar maхsus iqtisodiy zona hududiga investitsiya kiritish toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan maхsus iqtisodiy zona ishtirokchisining faoliyati turlariga nisbatan tatbiq etiladi. Korхonamiz 2023–2025 yillarda bitimda koʻrsatilgan faoliyatidan realizatsiyasining 90 foizi bitimda koʻrsatilgan faoliyatga, qolgan 10 foizi хizmat koʻrsatish va tovarlarni olib sotishga toʻgʻri keladi. Xizmat koʻrsatish davomida хom ashyoni qayta ishlash хizmati boʻlib, bitimda koʻrsatilgan ishlab chiqarishdan foydalanilgan. Soliq tekshiruvida oʻsha 2023–2025 yillarda yer va mulk soliqlariga qoʻllanilgan imtiyozni toʻliq notoʻgʻri deb hisoblamoqda.
Soliq kodeksi 473-moddasiga asosan yer va mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlarni faqat faoliyat turlariga qarab toʻliq bekor qilish toʻgʻrimi yoki ularni qoʻllash mol-mulk va yer uchastkalaridan bitimda nazarda tutilgan faoliyat doirasida foydalanilishiga bogʻliqmi?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin