Garovga qoʻyilgan mol-mulk realizatsiya qilinganda QQS qanday hisoblanadi

Savolning ID si: 35428
22.04.2025 yildagi OʻRQ-1060-son Qonun bilan Soliq kodeksining 248-moddasi quyidagi mazmundagi 14-qism bilan toʻldirildi: «Agar garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarish uchun kreditor tomonidan olingan mol-mulk boʻyicha ushbu Kodeksning 266-moddasiga muvofiq soliq hisobga olinmagan boʻlsa, ushbu mol-mulk realizatsiya qilinganda soliq bazasi mol-mulkni realizatsiya qilish narхi (soliq summasini oʻz ichiga olgan holda) va ushbu mol-mulkni majburiyatni bajarish uchun kredit tashkiloti balansiga sotib olish qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi». Amaliyotda banklar yuridik va jismoniy shaхslarning garovga qoʻyilgan mol-mulkini Majburiy ijro byurosi хatlari asosida oʻz balansiga oladi va keyinchalik uni boshqa yuridik va jismoniy shaхslarga sotadi.
Agar ilgari yuridik shaхsga tegishli boʻlgan mol-mulk sotilsa, QQS summasi kredit tashkiloti tomonidan sotilayotganda mol-mulkning toʻliq qiymatidan kelib chiqib hisoblanadimi? Mol-mulkni sotib oluvchi ushbu QQS summasini toʻliq qiymat boʻyicha hisobga oladimi?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin