Asosiy vositani sotishdan olingan foydani foyda soligʻi hisob-kitobida aks ettirish

Savolning ID si: 36019
Korхona balansida hisobda turgan asosiy vositani sotgan. Asosiy vosita QQSsiz 100 mln soʻmga realizatsiya qilingan, hisoblangan QQS summasi 12 mln soʻmni tashkil etgan. Sotilgan asosiy vositaning boshlangʻich qiymati 70 mln soʻm, jamgʻarilgan amortizatsiyasi 20 mln soʻmni tashkil qiladi. Foyda soligʻi hisob-kitobining 1-ilovasidagi «Amortizatsiya qilinadigan aktivlarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olingan daromad» (050-satr) qatorida korхona tomonidan 50 mln soʻm aks ettirilgan. Biroq kameral soliq tekshiruvi davomida mazkur satrda asosiy vositaning QQSsiz sotish qiymati — 100 mln soʻm koʻrsatilishi lozimligi qayd etilgan.
Foyda soligʻi hisob-kitobining 1-ilovasi 050-satrida qaysi summa aks ettiriladi: asosiy vositani realizatsiya qilishdan olingan foydami yoki uning realizatsiya qiymatimi? Kameral tekshiruvning talabi qay darajada asosli?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin