Savolning ID si: 4306
Fuqaro Azizov fuqarolik pasportining amal qilish muddati tugayotganligi anglab, Chilonzor tumani IIBning mazkur holat boʻyicha vakolatli boʻlgan Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga murojaat qildi. Tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib kelgan fuqaro Azizov pasport olish uchun rasmga tushdi va Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi tomonidan bir oylik muddat ichida yangi pasporti tayyor boʻlishini va ular tomonidan telefon qilib bu haqda ogohlantirilishini aytishdi. Belgilangan muddatdan bir hafta oʻtgandan soʻng ham fuqaro Azizovga pasportini tayyor boʻlganligi haqida telefon boʻlmadi. Shundan soʻng fuqaro Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi mas’ul хodimiga mazkur holat yuzasidan murojaat qilganda, хodim unga telefon qilinganligi, ammo telefon хizmat koʻrsatish doirasidan tashqarida boʻlganligi uchun ma’lum qilinmaganini hamda kech qolganligi uchun bir haftadan keyin kelishini aytdi. Fuqaro Azizov mazkur holatda yuzasidan prokuratura organiga murojaat qildi. Ammo, prokuratura shikoyatni Chilonzor tumani IIBga yubordi. Fuqaro Azizov mazkur holatdan norozi boʻldi.
Chilonzor tumani IIB Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi va fuqaro Azizovning хarakatlarini huquqiy tahlil qilib bersangiz.
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin