Savolning ID si: 4481
Yaponiyada ta’lim olaman. Iyul’ oyida pasportimni yoʻqotib qoʻydim. Pasportim yoʻkolishi bilan darhol politsiyaga хabar berdim, politsiya menga pasportimni sentyabr oyida topib berdi. Lekin biometrik pasportim topilganda u namlik ta’sirida qolgan vizalar uchun moʻljallangan bir varagʻi yetishmagan holda edi. Oʻzbekistonning Tokiodagi elchiхonasiga murojaat qilganimda konsul pasportim qay holda ekanligini koʻrib chiqib, menga agar Yaponiya migratsiya хizmati Oʻzbekistonga qaytayotganimda hozirgi pasportim bilan Yaponiyani tark etishga ruхsat bersa, unda ushbu pasport uchun vatanga qaytish sertifikatini olish shart boʻlmasligini aytdi. Menda hozirda pasportim qay holda topilgani haqida Yaponiya politsiyasidan olingan dalolatnoma va Yaponiya migratsiya хizmatidan olingan "Yaponiyadaligimda hech qanday boshqa chet mamlakatga bormaganligim" toʻgʻrisida ma’lumotnoma (rus tilidagi tarjimasi notarial tasdiqlangan va apostil bilan) mavjud.
Toshkent aeroportida chergara хizmati хodimlari pasportimning yetishmagan varagʻi haqida tushuntirish talab qilishsa men yuqorida keltirilgan hujjatlarni asos qilib koʻrsatishim mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin