Savolning ID si: 5163
2015 yilda 10 EKIH miqdorida moddiy yordam berilgan. Koʻrsatilgan moddiy yordamga JShDS solinmagan.
2015 yil IV chorak uchun YaIT boʻyicha hisob-kitobni topshirishda moddiy yordam qaysi grafada koʻrsatilishi lozim?
Ekspertlarning javoblari:

YaIT va fuqarolarning sugʻurta badallari boʻyicha hisob-kitobda 010-satrda mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha  daromadlar koʻrsatiladi  (OʻzR SKning 172-moddasi). 2015 yilda barcha turdagi moddiy yordamlar jismoniy shaхsning boshqa daromadlariga taalluqli boʻlgan (OʻzR SKning 178-moddasi 16-bandi). Bundan kelib chiqadiki, mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga u kiritilmaydi, tegishincha, yagona ijtimoiy toʻlov solinmaydi (OʻzR SKning 306-moddasi).

2015 yil 4 chorak uchun YaIT va fuqarolarning sugʻurta badallari boʻyicha hisob-kitobda moddiy yordam koʻrsatilishi kerak emas.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.