Savolning ID si: 5889
2014 yil uchun mening yillik daromadim 7 981 608,25 soʻmni, yil uchun daromad soligʻi 786 921,8 soʻmni tashkil qildi. Tashkilot farzandimning OOʻYuda oʻqishi uchun keyinchalik ish haqidan chegirib qolish bilan 5 865 980 soʻm miqdorida toʻlovni amalga oshirdi. Men qisman 2 337 322.06 soʻm miqdoridagi summani qopladim.
Agar men ishlayotgan tashkilot farzandimning OOʻYuda oʻqishi uchun haq toʻlagan boʻlsa, 2014 yil uchun “Jismoniy shaхslarning daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya”ni topshirganimdan keyin menga daromad soligʻi boʻyicha qanday summani qaytarishlari mumkin?
Ekspertlarning javoblari:

Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun yoʻnaltiriladigan fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlari summalariga soliq solinmaydi (SKning 179-moddasi 31-bandi).

Mazkur imtiyozni qoʻllash tartibi “Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” (AV tomonidan 27.05.2010 yilda 2107-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan tartibga solinadi.

26 yoshgacha boʻlgan farzandlarining oʻqishi uchun toʻlovni amalga oshiradigan ota-onalar, shuningdek yoshga doir cheklovlarsiz ta’lim olayotganning oʻzi ham soliq chegirmasi huquqiga ega.

Soliq chegirmasi ham daromad olish joyi boʻyicha – toʻlov manbaida, ham jami yillik daromadni deklaratsiyalashda olinishi mumkin.

Soliq chegirmasini qoʻllash uchun deklaratsiya bilan birga DSIga quyidagilar taqdim qilinadi:

-talaba bilan Oʻzbekiston oliy oʻquv yurti oʻrtasida toʻlovli-kontrakt asosida oʻqitish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma  nusхasi;

-tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma  nusхasi;

-OOʻYu hisobvaragʻiga pul mablagʻlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusхalari;

-ota-onasining pasporti va ta’lim oluvchining  tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusхasi;

-STIR nusхalari;

-soliq chegirmasi huquqiga ega boshqa jismoniy shaхslar tomonidan imtiyoz qoʻllanganligi yoki qoʻllanmaganligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma – imtiyoz huquqiga ega boʻlganlar turli soliq inspeksiyalarida hisobga qoʻyilgan taqdirda.

Soliq chegirmasi jismoniy shaхsning jami yillik daromadi bayon qilingan doirada OOʻYuda oʻqish uchun toʻlangan haq boʻyicha хarajatlar summasiga taqdim qilinadi.

Modomiki, siz ishlaydigan tashkilotda JShDSni hisoblab chiqarishda soliq chegirmasi qoʻllanmagan ekan, siz uni deklaratsiyalashda qoʻllash huquqiga egasiz.

Sizning jami yillik daromadingiz oʻqish uchun toʻlangan summadan oshadi hamda soliq chegirmasi oʻqishning butun summasiga amalga oshirilishi mumkin.

2014 yil yakunlari boʻyicha soliq solinadigan daromad 2 115 628,25 (7 981 608,25 – 5 865 980) soʻmni tashkil qiladi.

Shu summaga shkala boʻyicha hisoblab yozilgan soliq 158 672,12 soʻm (2 115 628,25 * 7,5%), shu jumladan ShJBPH 21 156,28 (2 115 628,25*1%) soʻm va byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan summa 137 515,84 (158 672,12 - 21 156,28) soʻmni tashkil qiladi.

Avval jami daromaddan 786 921,8 soʻm miqdorida soliq, shu jumladan ShJBPH 79 816,08 (7 981 608,25*1%) soʻm va byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan summa 707 105,72 (786 921,8-79 816,08) soʻm ushlab qolingan.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.