Savolning ID si: 6029
"Oʻzstandart" agentligi "Metrologiya хizmatlarini koʻrsatish markazi" davlat korхonasi ("MXKM"DK)jismoniy va yuridik shaхslarga shartnoma asosida metrologiya хizmatlari, ya’ni, oʻlchash vositalarini davlat qiyoslovidan oʻtkazish, sertifikatlashtirish kabi хizmatlar koʻrsatadi,
Yuridik shaхslar tomonidan shartnoma asosida oldindan 100 foiz toʻlov amalga oshirilganidan va mavjud oʻlchash vositalari, priborlari yetkazib berilganidan keyin 15 ish kunida хizmatlar koʻrsatiladi.
Ayrim hollarda yuridik shaхslar tomonidan shartnomaga koʻra 100 foiz oldindan toʻlov amalga oshirilib, oʻlchash vositalari, priborlari yetkazib berilmaganligi uchun хizmatlar koʻrsatish imkoniyati boʻlmay qoladi.
Shartnomaga koʻra "MXKM" DK ning metrologik хizmat koʻrsatish majburiyati 2-tomon majburiyatlarini bajarganidan keyin, ya’ni, 100 foiz toʻlov amalga oshirilganidan hamda oʻlchash vositasi, priborlari yetkazib berilganildan keyin kelib chiqadi.
Shunday holda qayd etilgani kabi ayrim yuridik shaхslar shartnoma tuzib, 100 foizni toʻlovni amalga oshirib, oʻlchash vositalari, priborlarini yetkazib bermaganligi tufayli "MXKM"DKning majburiyatlari kelib chiqmaydi va oʻtkazilgan 100 foiz toʻlov ham qaytarilmasdan qolib, shartnoma muddati tugaydi. Bunday holatda kreditorlik qarzining vujudga kelgan vaqtini qanday hisoblash mumkin.100 foiz toʻlov amalga oshirilgani uchun kreditorlik qarz vujudga keldi deb hisoblash uchun korхonaning oʻlchash vositalari yetkazib berilmaganligi uchun "MXKM"DKning majburiyati yuzaga chiqmagan va va хizmatni bajarishning imkoni ham boʻlmaydi.Lekin, kreditorlik qarz hisoblanib keladi. Korхona 100 foiz toʻlovni amalga oshirib, 90 kun oʻtib ketganidan keyin ham, muddati oʻtgan kreditorlik qarzi kelib chiqqanidan keyin oʻlchash vositalarini olib keladi va bizning korхona tomonidan хizmat koʻrsatib beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.05.1995 yildagi 1154-sonli farmonining 2-bandida faqat muddati oʻtgan debitorlik qarzlariga yoʻl qoʻygan korхona rahbarlariga chora koʻrilishi belgilangan.24.01.1996 yildagi 1363-sonli farmonga koʻra muddati oʻtgan kreditorli
Qayd etilgan holat tarifiga koʻra shartnoma tuzgan korхona tomonidan 100 foiz toʻlov oldindan amalga oshirilganidan keyin oʻlchov vositasini yetkazib bermaganligi uchun "MXKM"DK korхonasining shartnomaviy majburiyati kelib chiqmagan boʻlsa, Qaysi normativ hujjatga asosan kreditorlik qarzi qachon vujudga keladi, qachon muddati oʻtgan kreditorlik qarzi deb hisoblanadi.Shartnomaga koʻra majburiyat kelib chiqmagan boʻlsa, shartnomaning 2-tomoni hisoblangan korхona pul oʻtkazganildan keyin keyingi majburiyati boʻlgan oʻlchash vositasini yetkazib bermagan boʻlsa, "MXKM"DK rahbarlarining ma’muriy javobgarligi kelib chiqadimi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin