Savolning ID si: 6465
2013 yilda qishlok joylarda qurilishi boshlangan namunaviy uylarning birini olganman. Uy 2 yil deganda bitkazib egasiga (menga) topshirilgan. 2015 yilning iyun oyida tuman hokimining yerga egalik qilish huquqi va uy-joyga mulkchilik huquqi boʻyicha qarori chiqargan. Soliq kodeksining 290-moddasi 10-punktida shaхslar - ularga yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida berilgan yer uchastkalari boʻyicha - yer uchastkasi berilgan oydan keyingi oydan e’tiboran ikki yil muddatga yer soligʻidan ozod qilinadi deyilgan. Lekin Termiz tuman soliq inspeksiyasi хodimlari tomonidan bu imtiyozni inobatga olmasdan, ikki yillik imtiyoz davri 2015-2016 yillar uchun soliq tulashimizni talab qilishmokda. Ularning ushbu talabi toʻgʻrimi?
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun berilgan yer uchastkalari boʻyicha jismoniy shaхslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha imtiyozlardan qanaqa tartibda foydalaniladi?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin