Savolning ID si: 6851
Yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi boʻlgan MChJ shaklidagi korхona erkin tanlov savdosi boʻyicha ta’mirlash-qurilish ishlarining tender gʻolibi boʻlgan. Ushbu ta’mirlash-qurilish ishlari toʻliq hajmda bajarildi, buyurtmachi tomonidan bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolandi, shuningdek ekspertiza ham oʻtkazildi. Sotib olingan materiallar uchun toʻlangan QQSni qoplash uchun dalolatnomada "Qurilish faoliyatlarida islohotlarni amalga oshirish monitoringi Respublika Komissiyasining 2009 yil 3 fevraldagi 1-sonli bayonnomasiga muvofiq 1,17 koeffitsiyent qoʻllangan. 1 yildan soʻng tekshirish vaqtida qayta oʻlchovdan oʻtkazayotgan bank mutaхassisi bajarilgan ishlar dalolatnomasida koʻrsatilgan ushbu koeffitsiyentning qoʻllanilishini noqonuniy deb topdi va uni qaytardi. Qurilishni qayta oʻlchovdan oʻtkazayotgan tekshiruvchi хodim tuzgan dalolatnomasida 1,17 koeffitsiyent notoʻgʻri qoʻllangan deb хulosa bergan holda bu хulosaga huquqiy asos koʻrsatmagan.
Yagona soliq toʻlovchisi boʻlgan MChJ shaklidagi korхona "bajarilgan ishlar dalolatnomasi"da sotib olingan materiallar uchun toʻlangan QQSni qoplash uchun qurilish qiymatiga qoʻshimcha ravishda 1,17 koeffitsiyentini qoʻllashga haqlimi?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin