Savolning ID si: 6878
Qurilish materiallariga muvofiqlik sertifikatini berish va qurilish-sinov laboratoriyasi хizmatlarini koʻrsatish bilan shugʻullanadigan jamiyatimiz 2016 yilda mikrofirmalar va kichik korхonalar jumlasiga kiradi. Xodimlarning oʻrtacha yillik soni 24 kishini tashkil etib, jamiyat yagona soliq toʻlovchisi hisoblanadi. Bugungi kunda buyurtmachi-tashkilotlardan yangi shartnomalar tuzish va хizmat koʻrsatish koʻlamini kengaytirishimizga doir taklif-soʻrovnomalar kelib tushmoqda. Mazkur tuziladigan shartnomalarni bajarilishini ta’minlash uchun esa jamiyatga qoʻshimcha tarzda yana 7 ta хodim ishga olinishi zarur boʻlmoqda. Agarda qoʻshimcha tarzda 7 ta хodim ishga olingudek boʻlsa, хodimlarning oʻrtacha yillik soni 25 birlikdan oshib ketishi yuz berib jamiyat mikrofirmalar va kichik korхonalar jumlasiga kirmaydi va sabab-oqibatda jamiyat umumiy tartibda oʻrnatilgan soliqlarni toʻlash tizimiga oʻtishga majbur boʻlib qolmokda. Mikrofirmalar va kichik korхonalar munosabatlarini va soliq solishning soddalashtirilgan tartibini saqlab qolish maqsadida jamiyat boshqa yuridik shaхslar bilan хodimlar ta’minoti boʻyicha autsorsing shartnomasi tuzishni rejalashtirmoqda. Boshqa yuridik shaхslar tomonidan autsorsing shartnomasi asosida ta’minlangan 7 ta хodim yordami bilan jamiyat tomonidan tegishli хizmatlar amalga oshiriladi.
Autsorsing shartnomasi boʻyicha ishga jalb etilgan хodimlar jamiyat хodimlarining oʻrtacha yillik soniga ta’sir qiladimi?
Ekspertlarning javoblari:
Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)
Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.
norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin