Savolning ID si: 6933
Uzbekiston Respublikasi Davlat boshqaruv akademiyasi magistrantlari uchun oʻqish davrida ish joyi hamda oylik ish haqi saqlab qolinishi imtiyozlari belgilangan.
Magistrantlarning oylik ish haqi deganda nima nazarda tutilmokda? Oʻrtacha ish haqi belgilansa buladimi?
Ekspertlarning javoblari:

Xodimga tegishli boʻlgan oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqarish tartibi barcha hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi, pensiya tayinlash uchun oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqarish bundan mustasno (OʻzR Mehnat kodeksining 169-m.).

Oʻrtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish Tartibi OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-sonli Qarori bilan tasdiqlangan.

Mazkur Tartibning 5-bandiga koʻra, oʻrtacha oylik ish haqi keyingi ikki kalendar oyidagi oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.