Savolning ID si: 7390
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV 09.10.2007 y. 1724-son) da agar bir soliq turidan ortiqcha toʻlov mavjud boʻlsa, boshqa soliq turidan kamroq summada soliq qarzi boʻlgan holda (ma’lum bir davrda) penya hisoblanmaydi, deyilgan. Lekin soliq toʻlovchining DSIdagi shaхsiy kabinetida solishtirma dalolatnomasidan koʻrinadiki, shunday holat mavjud boʻlganda penya hisoblanadi.
Boshqa soliq turlaridan ortiqcha toʻlangan summalar mavjud boʻlganda penya hisoblanishi qanchalik toʻgʻri?
Ekspertlarning javoblari:

Haqiqatdan, Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV 09.10.2007 y. 1724-son) bilan belgilanganki, soliq qarzi summasining soliqlarning ortiqcha toʻlangan summa miqdoriga teng qismiga penya hisoblanmaydi. Bunda, keltirilgan misollardan koʻrinib turibdiki, ortiqcha toʻlangan summalar va qarzlar barcha soliq turlarining yigʻindisiga nisbatan olinadi.

Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha ortiqcha toʻlangan summalar mavjudligi davlat soliq хizmati organlari tomonidan tasdiqlanishi lozim.

Bugungi kunda soliqlarni hisobini yurituvchi elektron dasturda ushbu norma ishlamayapti.

Shuning uchun davlat soliq хizmati organlari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha ortiqcha toʻlangan summalar mavjudligi toʻgʻrisida tasdiqnoma (soliqlar boʻyicha dalolatnoma) olishni va uni ilova qilgan holda yozma ravishda soliqlarga hisoblangan penyalarga toʻgʻirlashlar kiritish toʻgʻrisida soliq хizmati organlariga murojaat qilishingizni maslahat beramiz. Bu holatda sizning inspektoringiz mustaqil ravishda elektron dasturda hisoblangan penyalarga toʻgʻirlashlar kiritadi.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.