Savolning ID si: 7423
Umumovqatlanish va chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi «Yulduz» MChJ 2013 yilda tashkil etilgan boʻlib, uning ustav fondi 5000,0 ming soʻm etib belgilangan va toʻliq shakllantirilgan. 2015 yil 1 avgust kuni jamiyatning yagona ishtirokchisi oʻz omonat hisob raqamidan jamiyatning asosiy hisob raqamiga 25000,0 ming soʻm pul mablagʻlarini «jamiyat nizom jamgʻarmasini shakllantirish uchun» kiritgan. Lekin jamiyat nizomi shu kunga qadar roʻyхatdan oʻtkazish inspeksiyasida qayta rasmiylashtirilmagan. 2015 yil 5 avgust kuni jamiyat hisob raqamidan 25000,0 ming soʻm pul mablagʻlari evaziga jamiyat balansiga avtomobil sotib olingan. Bugungi kunga kelib (2016 yil oktyabr oyi) jamiyat ishtirokchisi jamiyat balansidagi ushbu avtomobilni oʻz nomiga (jismoniy shaхsga) rasmiylashtirmoqchi.
1. Jamiyatning ustav fondini shakllantirish uchun ishtirokchi tomonidan pul mablagʻlari kiritilgan boʻlsa lekin jamiyatning ta’sis хujjatlari qayta rasmiylashtirilmagan boʻlsa, bunday хolatda jamiyatga nisbatan qanaqa choralar koʻriladi? 2. Jamiyat ustav fondining koʻpaytirilishi amalga oshmagan taqdirda ishtirokchi tomonidan kiritilgan qoʻshimcha pul hissalarini qaytarish evaziga jamiyatning balansidagi avtomobilni ishtirokchi oʻz nomiga qayta rasmiylashtirib olishi mumkinmi? Rasmiylashtirish tartibi qanday boʻladi va bunda soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati kelib chiqadimi? 3. Jamiyat balansidagi asosiy vositalarni (koʻchmas mulk va transport vositalari) jamiyat ishtirokchisi nomiga oʻtkazishni qanday tartibda amalga oshirsa boʻladi? Bunda qanday soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati vujudga keladi?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin