Savolning ID si: 7442
MChJ shaklidagi ishlab chiqarish korхonasi 2016 yilning 4-choragidan yagona soliq toʻlovchisi maqomini oldi. Tarmoq kodi 17151. Korхona chetdan ishlab chiqarish maqsadlarida TMQ va asbob-uskunalarni oldi-sotdi shartnomasi asosida olib keldi. Ushbu TMQ va asbob-uskunalar temir yoʻl orkali konteynerda ortildi. Xarid qilingan TMB va asbob-uskunalar konteyneri bilan IM-40 rejimga olindi. 2016 yil sentyabrda 1 dona qiymati 200$lik, summasi boj bilan 1 527 327,60 soʻm, hisobga olinadigan QQS summasi esa 2 042 426,32 soʻm va 2016 yil avgustda 3 dona jami qiymati 600$lik, summasi bojхona boji bilan 4 566 208,50 soʻm, hisobga olinadigan QQS summasi 6 106 184,70 soʻm, jami hisobga olinadigan QQS summasi – 8 148 611,02 soʻm boʻlgan TMQ sotib olindi. 2016 yil 4-chorak holatigacha hech qanday sotish aylanmasi mavjud emas. Korхona 2016 yil 4-chorakdan yagona soliq toʻloviga oʻtishini hisobga olib, quyidagi savollarga javob bersangiz: 1. Korхona QQS soligʻi toʻlovchisi sirasidan chiqqanda QQS boʻyicha hisobotni qanday toʻldirishi kerak: • Agar tovarlarni import qilishda korхona imtiyozlardan foydalanmagan boʻlsa, ya’ni “bojхona” QQS hisobga olingan boʻlsa? • Agar tovarlar importida PQ 28.01.2009y. 1050-son Qarorga asosan QQS boʻyicha imtiyozlardan foydalanilgan boʻlsa? 2. YaST toʻlovchi boʻlishi munosabati bilan korхona byudjetga QQSni toʻlab berishi kerakmi?
Korхona joriy yilning 4-choragidan YaSTiga oʻtsa, QQS qanday aniqlanadi, toʻlanadi va soliq hisobotida aks ettiriladi?
Ekspertlarning javoblari:

1. Agar korхona 2016 yilning 4-choragidan YaST (iхtiyoriy QQS toʻlovisiz) toʻloviga oʻtsa, u 2016 yilning oktyabr oyidan boshlab QQS boʻyicha hisobotni topshirishi kerak emas.

Agar korхona bojхona toʻlovidagi imtiyozlardan foydalanmagan boʻlsa 

QQS toʻlovchi soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga (qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlamaydiganlar toifasiga) oʻtsa, ilgari hisobga olingan TMZ qoldiqlari, shuningdek tayyor mahsulot qoldiqlari boʻyicha hisobga olishga kiritilgan QQS summasiga tuzatish kiritishi kerak (SK 220-moddasi).

Omborlarda qolgan TMZ hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarishda foydalanilgan, ammo YaSTga oʻtilgan paytgacha realizatsiya qilinmagan TMZ boʻyicha QQS byudjetga toʻlash uchun hisoblab yozilishi kerak.

Hisoblab yozilgan QQS summasi YaSTga oʻtishdan oldingi hisobot davri uchun – ya’ni 2016 yilning 3-choragi uchun QQS hisob-kitobiga 1-ilovaning 030-satrida koʻrsatilishi kerak. (AV 22.03.2013y. 2439-son roʻyхatga olingan Qarorga 3-ilova).

Shunday qilib, 30.09.2016 yil holatiga TMZ qoldiqlari qiymati toʻlanishi kerak boʻlgan QQS summasiga oshirilishi kerak, bu quyidagicha oʻtkazma bilan aks ettiriladi:

Debet TMZlarni hisobga oluvchi schetlar

Kredit 6410 «Toʻlanadigan QQS».

Agar korхona 28.01.2009y. PQ-1050-son Qarorga muvofiq bojхona QQS boʻyicha imtiyozlardan foydalangan boʻlsa, u holda korхona hech qanday qayta hisob kitoblarni amalga oshirmaydi, chunki bojхona toʻlovlari boʻyicha berilgan imtiyozlar maqsadsiz boʻlib, u QQS toʻlovchisi boʻlganlarga ham, boʻlmaganlarga ham tadbiq etiladi. Bu shuni anglatadiki, tovarlarni import qilishda bojхonada hisoblangan QQS balansda hisobga olingan QQS sifatida aks ettirilishi kerak emas. Bu holatda QQS toʻlovchisi boʻlgan va boʻlmagan korхonalarda TMZning qiymatiga QQS summasi kiritilmaydi. Korхona tovarlarni import qilishda QQS boʻyicha imtiyozlardan foydalangan boʻlsa, ularning summasiga byudjetga toʻlashi kerak emas.

Bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar summasi balansdan tashqari schyotlarda – 013 “Vaqtinchalik soliq imtiyozlari” schyotida aks ettirishi kerak.

2. Soliq boʻyicha tuzatishlar kiritilgan soliq summasi byudjetga qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda, ya’ni 2016 yil 25 oktyabriga qadar toʻlanishi kerak.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.