Yuridik shaxslarga soliq solish
- Aksiz soligʻi
- Boshqa soliqlar va toʻlovlar
- Yagona yer soligʻi
- Yagona soliq toʻlovi
- Yer soligʻi
- Imtiyozlar
- Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
- Yer qa’ridan foydalanilganlik uchun soliq
- Mol-mulk soligʻi
- Foyda soligʻi
- QQS
- Jamgʻarmalarga umummajburiy toʻlovlar
- Umumiy masalalar
Xususiy maktabning asosiy vositasi hisoblangan avtomobilni realizatsiya qilishning soliq oqibatlari
Xususiy maktab tomonidan avtomobilni realizatsiya qilish, shu jumladan qoldiq qiymatdan past qiymatda realizatsiya qilish hech qanday soliq oqibatlariga olib kelmaydi.
“Boshqa shaharlar” va “Boshqa aholi punktlari”ga qaysi aholi punktlari kirishini qanday aniqlasa boʻladi?
Soliq qonunchiligida “Boshqa shaharlar” va “Boshqa aholi punktlari” degan tushunchalarning ta’rifi keltirilmagan.
1. Umumbelgilangan soliq toʻlovchi tahririyat qanday soliqlardan imtiyozga ega? 2. Gazetaning tannarxini aniqlashda qaysi xarajatlar toʻliq hisobga olinishi kerak? 3. Tahririyat tomonidan obunada faol qatnashgan boshqa tashkilotlarga qilinadigan sarflari boʻyicha qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi? 4. Tahririyat tomonidan bepul tarqatiladigan gazetalar qay tartibda daromadga olinadi va qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi hamda buxgalteriyada qanday rasmiylashtiriladi? 5. Pochta orqali mazkur gazetaga obuna boʻlinganda tahririyat tomonidan obuna boʻyicha daromadlar qachon va qay tartibda tahririyat daromadiga qoʻshiladi? 6. Pochta boʻlimlariga tahririyat tomonidan berilayotgan chegirma (12 foiz) qanday rasmiylashtirilishi lozim?
Tahririyatga tegishli imtiyozlar "Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish toʻgʻrisida"gi Qarori bilan belgilangan.
Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan YaSTni toʻlash boʻyicha imtiyozga ega boʻlgan korxonalar tomonidan boʻsh pul mablagʻlari tijorat bank depozitlariga joylashtirilib, ular foizli daromad tarzidagi boshqa daromadlarga ega boʻlishganda, Soliq kodeksining 156-moddasiga muvofiq, dividendlar va foizlarga toʻlov manbaida soliq solinadimi?
YaSTni toʻlash boʻyicha imtiyozga ega boʻlgan korxonalar tomonidan boʻsh pul mablagʻlari tijorat bank depozitlariga joylashtirilib, ular foizli daromad tarzidagi boshqa daromadlarga ega boʻlishganda, Soliq kodeksining 156-moddasiga muvofiq, dividendlar va foizlarga toʻlov manbaida soliq solinadi.
1. Korxonamiz yuqorida qayd etilgan holatlarni aks ettiruvchi uch tomonlama vositachilik shartnomasini tuzsa boʻladimi? Yoki birinchi komitent bilan komissioner oʻrtasida, keyin komissioner bilan sotib oluvchi oʻrtasida ikkita shartnoma tuzish kerakmi? 2. Korxonamiz yukorida qayd etilgan tartibda vositachilik savdosini amalga oshirishi mumkinmi? 3. Korxonamiz Komitentdan (vositachilik savdosini amalga oshirish uchun) olgan tovarlarni, sotuvchi xaridorlarga (savdo ustamasi quymasdan) belgilangan tartibdagi schet-fakturalarni rasmiylashtirgan xolda, fakat pul kuchirish yoʻli orqali sotishi mumkinmi? 4. Bu xolatda korxonamiz qanday soliq toʻlovchisi boʻlib hisoblanadi (YaST mi yoki umumbelgilangan tartibdagi soliklarni toʻlovchisimi)? 5. Yukorida kayd etilgan tartibda biz vositachilik faoliyatini amalga oshirsak, soliq idora xodimlari buni ulgurji savdo faoliyati deb e’tirof qilishmaydimi?
Komissiya shartnomasi ikki tomonlama, ya’ni komitent bilan vositachi oʻrtasida tuzilishi kerak. Siz bilan xaridolar oʻrtasida tuziladigan oldi-sotdi shartnomalari ham ikki tomonlama boʻladi.
1. Agar korxona eksport kilish uchun oʻz ekspeditor xodimi orkali kishlok hoʻjalik mahsulotlarini tayyorlasa (zagotovka) qanday soliq oqibatlari kelib chikadi? 2. Korxona eksport kilish uchun mahsulotlarni qishlok xoʻjalik maxsulotlarini tayyorlash bilan shugʻullanuvchi YaTT lardan sotib olsa, korxonaga qanaqa solik okibatlari va YaTT larga qanaqa soliklar kelib chikadi?
Tayyorlov tashkilotlari tovar aylanishidan (tovar oborotidan) yagona soliq toʻlovini, Yakka tartibdagi tadbirkorlar esa qat’iy belgilangan soliqni belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlaydilar.
Bozor va savdo majmuasi infratuzilmasi va undan foydalanish deganda nima tushuniladi? 2. Bozor va savdo majmuasi infratuzilma tashkil etilmagan boʻlsa yoki bino, inshoat va koʻrilmalar mulkdori mavjud infratuzilmadan foydalanilmasa (bino, inshoat va koʻrilma faoliyat qoʻrsatmay turgan boʻlsa) ushbu yigʻimni toʻlashi majburiymi?
Tadbirkorlik sub’yektlarini Davlat byudjetiga emas, boshqa bir sub’yektga majburiy toʻlov toʻlashini talab qilinishi qonunga zid xarakatdir.
Telegram kanali