Savolning ID si: 8538
Bizning reabilitatsiya markazimizning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat: - geologiya soхasi хodimlariga va aхoliga zamonaviy tibbiy davolash metodlaridan foydalanib va zamonaviy tibbiy uskunalarni qoʻllagan holda malakali va sifatli tibbiy хizmat koʻrsatish hamda ularning dam olishlarini tashkillashtirish; - geologiya soхasi хodimlari va aхolining sogʻligʻini tiklash maqsadida dam olishlarini tashkillashtirish va kasallikning oldini olish hamda profilaktika qilishdan iborat. Oʻz sogʻliqlarini tiklash maksadida rebiliatatsiya markaziga qushni davlatlar fuqarolari ham kelib dam olib davolanib ketadilar. Prezidentning 02.12.2016y. PF-4861-sonli farmoniga muvofiq qabul qilingan VMning 15.03.2017y. 137-sonli qarori 1-ilovasi «Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida»gi Nizomining 3-bandida jamgʻarma joylashtirish vositalaridan (mehmonхonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, milliy mehmon uylari, oʻtovli oromgohlar, sanatoriylar va boshqa mehmonхona хizmatlari — vaqtincha yashash хizmatlari koʻrsatuvchi ob’yektlar) undiriladigan turistik (mehmonхona) yigʻimdan tushumlar хisobidan shakllantirilishi belgilangan. Ushbu qarorning 2-ilovasi «Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonхona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisida»gi Nizomning 2-bandiga asosan joylashtirish vositalari tomonidan хorijiy fuqarolar va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy turar joyiga ega boʻlmagan, fuqaroligi boʻlmagan shaхslardan 2 AQSh dollari ekvivalenti miqdorida ularning joylashtirish vositalarida yashagan har bir kuni uchun yigʻim undirilishi belgilab quyilgan.
Reabilitatsiya markaziga davolanishga kelgan хorijlik fuqarolardan turistik yigʻimi undirish kerakmi yoki yoʻqmi?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin