Savolning ID si: 8592
Soliq kodeksining 135-moddasiga asosan bir yuridik shaхs boshqa bir yuridik shaхsga foizsiz yoki Markaziy bank tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan past foizlarda zayom (qaytarib berish sharti bilan moliyaviy yordam) bersa, Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan foizli daromad yuzaga kelishi belgilab quyilgan. SBXning 2017 yil 28 fevraldagi 9-sonida chop etilgan “Foizli va foizsiz qarz” nomli maqolada keltirilgan shartli misollar biz oʻquvchilarda quyidagi savollarni keltirib chiqardi. Shu munosabat bilan quyidagi shartli misollarga oydinlik kiritsangiz: 1. “A” yuridik shaхs “B” yuridik shaхsga qarz shartnomasiga koʻra 2017 yil 1 yanvarda foizsiz stavkada 100 mln soʻm zayom berdi. Shartnoma shartlariga koʻra qarz summasi 2017 yil 30 iyunda qaytarilishi kerak. Ushbu misolda qarz oluvchida yuzaga keladigan foizsiz zayomlar boʻyicha daromad summasi qanday aniqlanadi, qaysi stavkada soliq toʻlanadi, foizsiz zayomlar boʻyicha daromadga buхgalteriya provodkasi beriladimi va u soliq hisobotining qayerida aks ettiriladi? 2. “A” yuridik shaхs “B” yuridik shaхsga qarz shartnomasiga koʻra 2017 yil 1 yanvarda 3 foizli stavkada, ya’ni MBning qayta moliyalishtirish stavkasidan past foizda 100 mln soʻm zayom berdi. Shartnoma shartlariga koʻra qarz va foiz summasi 2017 yil 30 iyunda qaytarilishi kerak. Ushbu misolda qarz beruvchi va oluvchida qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi va u qay tartibda aniqlanadi? 3. “A” yuridik shaхs “B” yuridik shaхsga qarz shartnomasiga koʻra 2017 yil 1 yanvarda 9 foizli stavkada, ya’ni MBning qayta moliyalishtirish stavkasida 100 mln soʻm zayom berdi. Shartnoma shartlariga koʻra qarz va foiz summasi 2017 yil 30 iyunda qaytarilishi kerak. Ushbu misolda qarz beruvchi va oluvchida qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi va u qay tartibda aniqlanadi? 4. “A” yuridik shaхs “B” yuridik shaхsga qarz shartnomasiga koʻra 2017 yil 1 yanvarda 15 foizli stavkada, ya’ni MBning qayta moliyalishtirish stavkasidan yuqori foizda 100 mln soʻm zayom berdi. Shartnoma shartlariga koʻra qarz va foiz summasi 2017 yil 30
Shartli misollar asosida qarz oluvchida yuzaga keladigan foizsiz zayomlar boʻyicha daromad summasi qanday aniqlanadi, qaysi stavkada soliq toʻlanadi, foizsiz zayomlar boʻyicha daromadga qanday buхgalteriya provodkalari beriladi va ushbu daromad summasi qaysi soliq hisobotida aks ettiriladi?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin