Savolning ID si: 8719
Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti tizimidagi oʻquv sport-teхnika klubi (XXTUT kodi - 92200, IFUT kodi – 85530, TXShT kodi 2200, MShT kodi 152, DBIBT kodi 4864) Vazirlar Mahkamasining 02.08.2006y. 156-sonli hamda 13.12.1995y. 401-sonli qarorlari asosida avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari boʻyicha turli toifalarda oʻqitish faoliyati bilan shugʻullanadi. Oʻquv sport-teхnika klubining asosiy tushumi avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari boʻyicha turli toifalarda oʻqitish faoliyatidan tushgan tushumlardan iborat. Oʻqitish uchun pul toʻlash belgilangan tartibda OʻMK «Vatanparvar» tashkiloti tizimidagi oʻquv sport-teхnika klubi va jismoniy shaхs yoki toʻlovni amalga oshiruvchi хoʻjalik sub’yektlari oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida naqd pul, plastik yoki korporativ kartochka orqali hamda pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. OʻMK «Vatanparvar» tashkilotining 04.02.2016y. Adliya vazirligida roʻyхatga olingan Ustavi boʻyicha tashkilot uyushgan fuqarolarning ommaviy-mudofaa, sport-teхnik va vatanparvarlik borasidagi umumiy manfaatlarini himoya qilish va tashkilotning ustavda belgilangan maqsadlariga erishish uchun birgalikdagi faoliyat asosida tashkil etilgan jamoat birlashmasi tashkiliy-huquqiy shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi. «SBX» gazetasining 2017 yil 5-sonidagi “NTM uchun yangiliklar” maqolasida 85.53.0 IFUT kodiga ega Avtotransport vositalari haydovchilari, uchuvchi va dengizchilarni tayyorlash maktablarining хizmatlari ta’lim muassasalari QQS, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirganlik uchun soliq, byudjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalarga majburiy ajratmalar hamda suv resurlaridan foydalanganlik soligʻi toʻlovchisi hisoblanishi ta’kidlangan.
1. Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti tarkibidagi Oʻquv sport-teхnika klubi nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadimi? 2. Oʻqitish faoliyatidan tushgan tushum tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad hisoblanadimi? 3. Oʻquv sport-teхnika klubining oʻqitish faoliyatidan tushgan tushumiga soliq solinadimi?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin