Savolning ID si: 8832
MChJning hisobraqamida iyun oyida mablagʻ boʻlmaganligi sababli (хizmat koʻrsatilmaganligi sababli) хodimlarga ish haqi va byudjetga toʻlovlarni amalga oshira olmaydi. Bunday holda Yagona soliq toʻlovi; Daromad soligʻi; Yagona ijtimoiy toʻlov; Majburiy sugʻurta badallari; ShJBPH majburiy badallarni kartoteka-2 ga olinadimi?
1. Qanday turdagi soliq va majburiy toʻlovlarni kartoteka-2 ga olish majburiy hisoblanadi? 2. Ish хakini 2-3 oylab kechiktirib tulash kanday javobgarliklarga olib keladi?
Ekspertlarning javoblari:

1.Siz sanab oʻtgan barcha soliq va majburiy toʻlovlarni ularni toʻlash muddati davomida hisobraqamda pul boʻlmasa, kartoteka-2 ga oʻtkazish zarur.

Soliq yoki boshqa majburiy toʻlov summasi soliq toʻlovchi tomonidan Soliq Kodeksida belgilangan muddatlarda toʻlanadi (SKning 48-moddasi). Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha bajarilmagan majburiyatlari boʻlgan soliq toʻlovchi oʻzining bank hisobvaragʻida pul mablagʻlari mavjud boʻlishidan qat’i nazar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni Soliq Kodeksida belgilangan toʻlash muddatidan kechiktirmay ularni хizmat koʻrsatayotgan bankka toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini taqdim etishi shart (SKning 59-moddasi).

Bu haqida shuningdek batafsil be yerda oʻqishingiz mumkin:

http://kadrovik.uz/question/6485.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.