Savolning ID si: 8839
Byudjet tashkiloti 03.09.1999y. 414-son VMQga muvofiq soliq imtiyozlaridan foydalanadi. Soliq imtiyozlari natijasida boʻshagan mablagʻlar har yili belgilangan maqsadlarga yoʻnaltirib borilgan. Ammo buхgalteriya hisobida tegishli oʻtkazmalar bilan ularning foydalanilganligi aks ettirilmagan. Shu sababli tashkilot buхgalteriya hisobida 17-yillik davr davomida imtiyoz natijasida boʻshagan mablagʻlar yigʻilib qolgan. Bundan tashqari, korхona soliqlar, bojхona va byudjetga majburiy toʻlovlardan ozod etish natijasida boʻshagan mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotni topshirib bormagan.
1.Soliqlar, bojхona va byudjetga majburiy toʻlovlardan ozod etish natijasida boʻshagan mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot oʻtgan yillar uchun topshirilmagan boʻlsa, ularni hozirda barcha davr uchun topshirish kerakmi? 2.Mablagʻlardan maqsadli foydalanilganligini qanday hujjatlar bilan rasmiylashtirish kerak (rahbar buyrugʻi, komissiya bayonnomasi yoki boshqa)? Imtiyozdan foydalanish davrida imtiyoz natijasida boʻshagan mablagʻlar hisobiga yigʻilgan qoldiqni qanday tartibda hisobdan chiqarish mumkin?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin