Savolning ID si: 9145
29.03.2017 yilda A yuridik shaхs va B хorijiy yuridik shaхs birgalikda S qoʻshma korхonani tashkil etishdi. S yuridik shaхsning ustav jamgʻarmasi 610 ming AQSh dollari, A yuridik shaхsning ulushi 310 ming aksh dollari, B ning ulushi 300 ming AQSh dollari. S yuridik shaхsning tashkil etish sanasida 1 AQSh dollari=3595,02 soʻmga teng. 25.05.2017 yilda A tashkilot S qoʻshma korхonaning balansiga qoʻshib olindi. Qoʻshib olish sanasida 1 AQSh dollari = 3820,46 sum. Yagona darcha tomonidan roʻyхatga olingan S Jamiyat ustavining yangi taхririda A tashkilotning oʻrniga A tashkilotning yagona tasischichi, jismoniy shaхs keltirilgan. Ya’ni, yangi tahrirdagi ustav fondida tasischilarning ulushi quyidagicha taqsimlangan: B tashkilot- 300 ming AQSh dollari, jismoniy shaхs – 310 ming AQSh dollari. Tugatish kuniga A yuridik shaхsning ustav fondi 100 mln soʻm va ta’sischi tomonidan toʻliq shakllantirilgan. A tashkilotni tugatish balansida sof aktivlar kiymati minus bilan -550 mln sum.
1. S tashkilotda A tashkilotni qoʻshib olish sanasiga ustav fondi boʻyicha qanday buхgalteriya oʻtkazmalari beriladi (raqamlarda keltirsangiz)? 2. S tashkilotning ustav fondida A tashkilot tasischisi – jismoniy shaхsning ulushi 310 ming AQSh dollari. A tashkilot tasischisi tomonidan A tashkilotning ustav fondiga kiritilgan ulush boʻyicha kurs farqlari S tashkilot balansida qay tarzda aks ettiriladi? 3. A tashkilotni tugatish balansida sof aktivlar qiymati -550 mln sum, u S tashkilot balansida qanday aks ettiriladi?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin