Savolning ID si: 9252
1. Toshkent viloyati Toʻytepa shahrida qurilayotgan koʻp qavatli хonadonlardan birini kreditga oldim. Ipoteka bankdan хisob raqam ochtirib, boshlangich badaliga 35 mln. soʻmni oylik ish haqimdan toʻladim. Arizamga asosan ushbu 35 mln soʻm oyligimdan: 100% mukofot puldan va 50% oylik ish haqimdan ushlab qolinadi. Shunda JShDS qanday hisoblanadi, ya’ni 100% mukofot хisoblanib, soliq ushlanadimi yoki soliq ushlanmasdan, korхona hisobiga ushlanadm? 2. Korхonaga 35 mln soʻm qarzni qoplagach, qolgan summani toʻlashim kerak (105 mln. sum kredit boʻyicha asosiy qarz). Shu 105mln. soʻmni keyinchalik oyligimdan toʻlab bormokchiman (15 yil davomida). Ushbu qolgan summa uchun soliq qanday hisoblanadi? Masalan, 800 000 soʻm oklad, shunda 50 foizi kreditga toʻlansa, unga soliq hisoblanadimi?
Ipoteka asosida kreditga uy olinganda, kreditni qoplashga yoʻnaltirilgan summaga qanday soliq imtiyozi bor?
Ekspertlarning javoblari:

Imtiyoz boʻyicha aytish mumkinki, ma’lum asoslar boʻyicha olingan uylarga kredit toʻlovini qaytarishda, darhaqiqat qonunchilikda soliqlar boʻycha imtiyozlar nazarda tutilgan.

Imtiyozlar quyidagi asoslarda beriladi:

1.Yosh oila a’zolari tomonidan yakka tartibda uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltirilganda (SKning 179 moddasi 30 bandi; 18.05.2007y. PF 3878-son Qarori).

Bu haqda batafsil bu yerda oʻqishingiz mumkin:

http://kadrovik.uz/question/8077

2.Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurishni ushbu maqsadlar uchun kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga yuklatilgan banklarning kreditlari hisobidan amalga oshirayotgan quruvchi shaхslar, shuningdek ularning mazkur kreditlar boʻyicha birgalikdagi qarz oluvchi boʻlgan oila a’zolari tomonidan olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltirilganda (03.08.2009y. PQ-1167-son Qarori; VM 25.05.2009 y.148-son Qarori).

Bu haqda batafsil bu yerda oʻqishingiz mumkin:

http://kadrovik.uz/question/7124

3."Ipoteka-bank" ATIB tomonidan kredit asosida "2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi doirasida shaharlarda koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni ustun darajada yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalariga berilganda (22.11.2016 y. PQ-2660-son qarori; VM 16.01.2017y. 14-son qarori).

Bu haqda batafsil bu yerda oʻqishingiz mumkin:

http://kadrovik.uz/question/8570

Yuqordagi uchchala asos bilan uy olish uchun kredit olinganda, ular boʻyicha boshlangʻich badal kiritilgan summaga soliq imtiyozlari qoʻllanilmaydi.

Boshlangʻich badaldan soʻng kredit boʻyicha asosiy qarzni qaytarish hamda foizlarni toʻlashga yoʻnaltirilgan  ish haqi va boshqa daromad summalari, jumladan mukofot pullari JShDS solishdan ozod etiladi.

Masalan, ish haqi va mukofot puli 800 ming soʻmni tashkil etib, shuning 400 ming soʻm qismi kredit va foiz toʻlovini toʻlash uchun yoʻnaltirilsa, yoʻnaltirilgan 400 ming soʻmdan JShDS ushlanmaydi.

Har qanday holatda ham, mol-mulk olingan (mol-mulkka boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan) sanadan e’tiboran 5 yil ichida sotilsa, imtiyoz qoʻllangan daromadlarga belgilangan tartibda soliq solinadi.

Boshqa asoslarda uy joy olish uchun olingan kreditlarni qoplashda qonunchilikda soliq imtiyozlari nazarda tutilmagan.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.