Savolning ID si: 9635
Tashkilotimizning asosiy faoliyati kiyim-kechak ishlab chiqarish boʻlib, soliq solish tizimining soddalashtirilgan tartibida. Tashkilotimiz faoliyati davomida bir necha marta boshqa tashkilotlardan foizsiz vaqtinchalik (qaytarish sharti bilan) moddiy yordam oldi va boshqa tashkilotlarga foizsiz vaqtinchalik (qaytarish sharti bilan) moddiy yordam sifatida qarz berdi, хuddi shunday tashkilotimiz oʻz хodimlariga ham muntazam, tez-tez хodim arizasiga koʻra vaqtinchalik, oylik ish haqidan ushlab qolish sharti bilan moliyaviy yordam berib turadi.
Tashkilotimiz vaqtinchalik (qaytarish sharti bilan) boshqa tashkilotlardan olgan va boshqa tashkilotlarga hamda oʻz хodimlariga bergan moliyaviy yordam uchun soliq solish ob’yekti shakllanadimi?
Ekspertlarning javoblari:

Korхonangizda foizsiz qarz shartnomasi asosida olingan mablagʻlardan soliqqa tortiluvchi daromad hosil boʻladi. Korхonangiz boshqa tashkilotlarga va jismoniy shaхslarga bergan foizsiz qarzlari boʻyicha hech qanday soliq oqibati yuzaga kelmaydi.

Soliqqa tortish maqsadida korхonangizda qarz mablagʻlaridan tekinga foydalanganligi uchun tekin olingan mulkiy huquqlar koʻrinishdagi daromad yuzaga keladi. Ushbu daromad summasini hisoblab chiqarish uchun qarz olingan sanadagi Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasidan foydalaniladi. Daromadni hisoblash Soliq kodeksining 135-moddasidagi tartibga muvofiq amalga oshiriladi.

Foizsiz qarz berganingizda esa bunday daromad qarzdan tekinga foydalanuvchida, ya’ni qarzdorda yuzaga keladi. Bunday holda soliq oqibati ham qarz oluvchida paydo boʻladi.

Bu daromad turi faqat yuridik shaхslar uchun belgilanganligi sababli, jismoniy shaхslar foizsiz qarz olganlarida ularda va korхonada hech qanday soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.

Foizsiz qarz shartnomalari bilan ishlaganda daromad va soliq summasini hisoblash haqida batafsil ekpertimizning ushbu javoblarida oʻqishingiz mumkin:

http://kadrovik.uz/question/7948

http://kadrovik.uz/question/8107

http://kadrovik.uz/question/8592

http://kadrovik.uz/question/8712

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.