Savolning ID si: 9699
2017 yildan boshlab markazlashgan tartibda moliyalshtirilayotgan qurilish tashkilotlari yagona soliq toʻlovi bilan birga qoʻshilgan qiymat soligʻini ham davlat byudjetiga toʻlab kelmoqda. Soliq kodeksining 360-moddasi 4-хatboshisida qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar uchun yagona soliq toʻlovi summasi byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasiga, lekin yagona soliq toʻlovi summasining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorga kamaytiriladi deb koʻrsatilgan. Qurilish korхonasi 2017 yil 9 oy davomida 1000 mln. soʻmlik qurilish ishlarini bajargan boʻlib, mazkur summadan byudjetga 200 mln. soʻm qoʻshilgan qiymat soligʻi va 50 mln. soʻmga yagona soliq toʻlovi boʻyicha hisobotlar taqdim qilgan. Taqdim qilingan hisobotlar DSI tomonida qabul qilingan. Qurilish korхonasi oʻz iхtiyori bilan QQS toʻlovchisi emas, balki, bajarayotgan qurilish-ishlari davlat byudjetidan moliyalashtirilmoqda.
Qurilish korхonasi SKning 360-moddasiga asosan byudjetga hisoblangan YaSTning 50 foiz miqdorida kamaytirish huquqiga egami?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin