Oila munosabatlari
Agar meni farzandimni boshqa bir ota vasiylikka olsa yoki farzandimni onasi turliy baхonalar orqali uni menga koʻrsatishdan yoki uchrashtirishdan bosh tortsa, meni qanday huqularim bor?
Siz bolangiz bilan koʻrishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va ta’lim olishi masalasini hal etishda qatnashish huquqlariga egasiz.
Er va хotin ajrashish uchun ariza topshirishgan. Ular yashagan uy erning otasining nomida. Ularning bir oʻgʻil farzandi bor. Xotin er bilan ajrashayotganda kaynotasini nomidagi uyga konuniy kanday хaqi bor?
Shubhasiz, er va хotindan birining ota-onasining mol-mulki boʻlinmaydi, chunki ularning birgalidagi umumiy mulki hisoblanmaydi.
Nimaga sud er-хotinni ajratmayapti?
Nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha amaliyotda sudlar deyarli har doim er-хotinga yarashish uchun 3 oydan 6 oygacha muhlat beradi yoki darhol da’voni rad etadi.