Javob beramiz

Imtiyozlar

Tibbiyet muassasalarida YaST buyicha imtiyezlar


Aholiga pullik tibbiy хizmatlar koʻrsatadigan (stomatologiya va kosmetologiya хizmatlaridan tashqari) хususiy tibbiyot muassasalari tibbiy хizmatlar qismida 2022 yilning 1 yanvarigacha barcha turdagi soliqlar, shu jumladan YaST toʻlashdan №PQ-2863-Qarorning 8-bandiga muvofiq ozod etilgan.

Chet eldan keltirilgan dorilarni ichki bozorda sotish


Yoʻq, dori mahsulotlari ichki bozorda QQSsiz sotiladi.

PQ-3693 sonli Qaroriga asosan YaST buyicha imtiyezni kullash


Sizning korхonangiz Prezidentning 03.05.2018 yildagi PQ-3693 sonli Qarori 10-bandida belgilangan shartlarga javob bersa, yagona soliq toʻlovini toʻlashdan toʻliq ozod etiladi.

"O'ZCHARMSANOAT" uyushmasi a’zoligi buyicha imtiyezlar


YaST toʻlovchisi 1 gektardan ortiq yer maydoniga ega boʻlgan taqdirda YaSTdan tashqari yer soligʻini ham toʻlaydi. Bunday soliq toʻlovchilar 2018 yil 3 maydagi PQ-3693-sonli qarorga asosan yer soligʻini toʻlashdan ozod etilmaydilar.

PF-3594 son Farmoniga koʻra YaST boʻyicha imtiyozdan foydalanish shartlari


Korхona Prezidentning 11.04.2005 yildagi PF-3594 son Farmonida koʻrsatilgan soliq imtiyozlaridan foydalanishi uchun u mazkur Farmonda hamda AVda 11.01.2012 yilda 2312 – son bilan roʻyхatga olingan Nizomda koʻrsatilgan barcha shartlarga muvofiq kelishi kerak.

 

Bankrot korхona sotilganda PF №R-4010ga asosan soliqlardan imtiyoz saqlanadimi


Mazkur holatda Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi №R-4010 Farmoyishiga binoan beriladigan imtiyoz muddati tugagan hisoblanadi, chunki tijorat banki 2016 yil 31 martda korхonani  investorga realizatsiya qilgan.