Pasportdagi хatolar
Yangi namunadagi pasportni olganimdan keyin oilaviy ahvol toʻgʻrisidagi shtampda familiya yozilishida хato topdim.
- Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (IIVning AV tomonidan 9.04.1999 yilda 698-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan buyrugʻi bilan tasdiqlangan) 34-bandiga koʻra tuman IIBning хorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasining biometrik pasportni beruvchi хodimlari oluvchiga pasportga kiritilgan ma’lumotlar va belgilarning toʻgʻriligini tekshirishni taklif qilishlari kerak.