AV, NMA va qurilishi tugallanmagan ob’yektlar bilan operatsiyalar
Avtotransport vositasini sotishda QQS bilan sotish kerakmi?
Ha, asosiy vositalarni realizatsiya qilish chogʻida QQS boʻyicha soliq solinadigan baza ularni realizatsiya qilish qiymati asosida, biroq ularning qoldiq (balans) qiymatidan kam boʻlmagan, qoʻshilgan qiymat soligʻi kiritilmagan holda aniqlanadi.
QQS ob’yektning bozor bahosiga kiradimi?
Vazirlar Maхkamasining foydalanilmay turgan ob’yektlar ochiq tanlov savdolarida sotish belgilab qoʻyilgan qarorlarida alohida tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, QQS bozor bahosiga qoʻshib e’lon qilishi kerak.
Asosiy vosita sotilganda QQS hisoblash - 2019 yil
SKga OʻzR 24.12.2018 y. Batafsil oʻqish