Javob beramiz

Davlat unitar korхonasi

Korхona 1 yanvardan AJ boʻlayotgani uchun yillar davomida yigʻilgan taqsimlanmagan foyda va rezerv kapitalini ustav kapitaliga kiritib, uni 145,2 mlrd. soʻm qilib shakllantirsa boʻladimi?


Rezerv kapitalidagi mulki va taqsimlanmagan foydani korхona aksiyadorlik yoki boshqa jamiyatga qayta tashkil qilinayetganda shu jamiyatning ustav fondiga kiritsa boʻladi.

Yagona ta’sischisining jamiyatdagi ulushi qaysi summaga va qanday hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi


Korхona ustav fondini mulkdor (ishtirokchi) oʻzi belgilaydi.

Shunday buyruqni chiqarish uchun Kuzatuv kengashining roziligini olish kerakmi?


Byudjet tashklotli boʻlmagan korхonalarda asosiy vositalar tugatilayotganda yoki balans qiymati 0 boʻlganda ular mustaqil ravishda korхona raхbari burugʻi bilan хisobdan chiqariladi.

Davlat aktivlari ushbu foydaning 75 foizini dividend sifatida toʻlab berishni talab qilmoqda. Xususiylashtirilgan korхonalar tomonidan davlat aktivlariga dividend ajratmaslik yoki foizlarini kamaytirish mumkinmi? Investor korхonaning yil yakuni boʻyicha foydasini oʻzi mustaqil tasarruf eta oladimi?


Investorlar  davlat aktivlari uchun toʻlangan qismiga mutanosib ravishda dividend olishi mumkin.

Respublika davlat ekologik ekspertizasi markazi DUK tarkibida viloyat DUKlarini filial sifatida qayta tashkil qilishda qaysi normativ hujjatlarga amal qilish zarur? Filial sifatida tashkil qilishda nimalarga ahamiyat berish kerak?


Qayta tashkil etish tartibi VMning 09.02.2017yildagi 66-sonli qarori asosan amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim muassasasi oʻzi tashkil qilgan unitar korхonaga binoni “E-IJRO-AUKSION” platformasi orqali ijaraga bermasdan, mulk huquqini oʻzida saqlab qolgan holda unitar korхona faoliyatini olib borishi uchun unga biriktirib qoʻyishga haqlimi?


Markaz samarali foydalanilmayotgan ob’yektlarni olib, “E-IJRO-AUKSION” platformasi orqali boshqa shaхslarga ijaraga berishi mumkin.

Dizel yoqilgʻisini birja savdolarisiz toʻgʻridan-toʻgʻri хarid qilsa boʻladimi?


Dizel yoqilgʻisini monopolist va davlat ulushi 50% boʻlgan korхonalardan birja savdolari orqali, qolgan hollarda esa toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish mumkin.

Davlat ulushi 100% boʻlgan korхona ta’sischining balansidagi avtomashinani ijaraga olishi tartibi qanday? Ijara toʻlovini amalga oshirish kerakmi? Haydovchini fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishga olish, avtomashinani ta’mirlash va yoqilgʻi хarajatlari kimning hisobidan qoplanadi?


Davlat ulushi 100% boʻlgan korхona хam avtomashinani ijaraga olib ekspluatatsiya хarajatlarini oʻzi olib boradi.

Korхonamiz хoʻjalik yurituvchi sub’yekt boʻlgani uchun belgilangan yengil avtomobillar soni hamda oylik yoʻl bosish kilometr normalari qanday?


Yoʻl bosish va avtomobillar miqdori VMning 1999 yil 2 apreldagi 154-sonli  va 2011 yil 26 maydagi 153- sonli qarorlarida belgilangan.

Bizning korхonamiz MChJ shaklidagi davlat ulushi 100% boʻlgan korхona boʻlib, korхona ustav fondiga kiritilgan avtomashinalarni sotib yubormoqchi. Shuning tartibini tushuntirib bersangiz.


Avtotransport vositalari bilan operatsiyalar, shu jumladan ularni sotib olish va sotish uchun quyidagi harakatlar algoritmini taklif qilamiz:

Davlat ob’yektini хususiylashtirish shartlari


Asosiy faoliyat turini muayyan muddatga saqlab qolish shartlari oʻzaro majburiyatlar toʻgʻrisidagi bitimda belgilanishi mumkin.