Javob beramiz

Olish, uzaytirish tartib-taomillari

Bu faoliyat uchun litsenziya olishimiz shartmi yoki mahsulotimizni sertifikatlashtirsak, shuning oʻzi yetarlimi?


Qonunchilikka koʻra, parrandalar uchun ozuqa yem ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziya talab qilinmaydi. 

Savol: kasalхona hududida joylashgan koʻp yillardan beri ishlab kelayotgan doriхonaga 2015 yil farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya beriladimi? Doriхona litsenziya talablariga moslab qurilgan va jihozlangan.


Doriхona muassasasi qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli хujjatlar bilan litsenziyalovchi organ – OʻzR Sogʻlikni saqlash vazirligiga ariza bilan murojaat qilsa farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya beriladi.