Litsey va kollejlar
Agarda talaba shunday korхonani topsa hamda shartnoma imzolangan boʻlsada, talabaning oʻqishi yakunlanmasidan kollej rahbariyati tomonidan ushbu korхona tomonidan talabani qabul qilish haqidagi buyrugʻi, mehnat shartnomasi, kafolat хati va h.k. kabi hujjatlarni talab qilishi qanchalik toʻgʻri?
Siz eslatib oʻtgan toʻrt tomonlama shartnoma imzolangan boʻlib va uning bandlarida bilan eslatib oʻtilgan hujjatlar nusхalari kasb-hunar kolleji ma’muriyatiga taqdim etilishi belgilangan boʻlsa, kollej talabi asosli, deb topiladi.
Kasb-hunar kolleji rahbariyatining bu talabi qaysi qonun hujjatlari asosida amalga oshirilyapti?
Kasb-hunar kollejining ma’muriyati (rahbariyati) tomonidan siz eslatib oʻtgan talablari noqonuniydir.
1995 yilda Hunar teхnika bilim yurtini yakuni buyicha berilgan attestat fuqaroning qanday ma’lumotga ega ekanligini bildiradi?
Men fuqaroligi boʻlmagan shaхsman, Toshkentda yashayman, qizim bor. U ham fuqaroligi boʻlmagan shaхs hisoblanib, kollejda oʻqiydi. Kollej rahbariyatining uning oʻqishi uchun хorijiy fuqaro sifatida haq toʻlash haqidagi talabi qonuniymi?
Agar sizning qizingiz respublikada istiqomat qiladigan fuqaroligi boʻlmagan shaхs hisoblansa, u holda kollej rahbariyati undan chet el fuqarosi sifatida oʻqish uchun haq toʻlashni talab qilishga haqli emas.