Javob beramiz

Aksiz soligʻi

Suyultirilgan gazni sotishda aksiz soligʻi stavkasi


Suyultirilgan gaz yakuniy iste’molchiga sotilganda, suyultirilgan gazni ishlab chiqaruvchi korхona aksiz soligʻini ham 30%li stavkada, ham 1 tonnasi uchun 665493 soʻmlik stavkada toʻlaydi.

Kvartirani sotishga aksiz soligʻi solinmaydi


Yoʻq, 2020 yil 15 iyundan kvartiralar sotishga aksiz soligʻi solinmaydi. 

Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shaхobchalari tomonidan dizel yoqilgʻisining ulgurji savdosida aksiz soligʻi toʻlanmasligi


Dizel yoqilgʻisini yakuniy iste’molchilar boʻlmagan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shaхobchalariga ulgurji sotishda aksiz soligʻi toʻlanmaydi.