Fuqarolik bitimlari
MTMga kanselyariya tovarlarini olib berishimiz kerakmi?
MChJning ishlab chikarish faoliyatida maхsulot detalini (bir kismini) jismoniy shaхsdan sotib olinishga majbur boʻlyapmiz. Qonunchilikka koʻra, bu holatda qaysi tartibda va qanday shartnoma asosida MChJ jismoniy shaхsdan mazkur maхsulotni olishi mumkin.
Jismoniy shaхs tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtishi lozim. Agarda oldi-sotdi munosabatlariga kirishayotgan jismoniy shaхs ushbu munosabatga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish maqsadida emas balki oʻzida mavjud boʻlgan ma’lum bir mahsulotni sotish maqsadida kirishgan boʻlsa, va bu tizimli ravishda amalga oshirilmasa, bu holatda jismoniy shaхs bilan yakka tartibdagi tadbirkor emas, balki fuqaro sifatida shartnoma tuziladi.