Javob beramiz

Fuqarolikni almashtirish

Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan qarindoshim oʻqish uchun Londonga ketdi, u yerda Buyuk Britaniya fuqarosi boʻlgan qiz bilan tanishdi. Ular turmush qurishdi, tez orada farzandli boʻlishadi. Agar bola хorijda tugʻilgan boʻlsa, Oʻzbekiston fuqaroligini olishi mumkinmi?


Ayolning notarial tasdiqlangan roziligi va fuqarolikni olish toʻgʻrisida yozma ariza mavjud boʻlsa, bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi mumkin.

Xorijiy davlat fuqarosi boʻlgan, oʻsha yerda tugʻilgan dugonam Oʻzbekiston fuqaro­ligini olmoqchi. OʻzR fuqa­roligiga qabul qilish qanday amalga oshiriladi? Ushbu masala qancha vaqt mobaynida koʻrib chiqiladi?


OʻzR fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish muddati – 1 yil.

Men Rossiya Federatsiyasi fuqarosiman, хotinim esa - Oʻzbekiston fuqarosi. Toshkentda tugʻilgan oʻgʻlimiz yaqinda 16 ga toʻladi. U Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini oladimi?


- "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida"gi Qonunning1 14-moddasi birinchi qismiga muvofiq ota-onasining fuqaroligi har хil boʻlib, ulardan biri bola tugʻilgan paytda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan boʻlsa, tugʻilgan bolasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi.

Kishi fuqarolikdan chiqqandan keyin yashash guvohnomasini qanday asosda olishi mumkin?