Savolning ID si: 10222
Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 60-63-moddalarida byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari daromadlari keltirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisidagi Qarorining 23-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 60-63 moddalarida koʻrsatilgan manbalar hisobidan qoʻshimcha daromad olayotgan byudjet tashkilotlari barcha turdagi soliqlar, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlarva davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar toʻlashdan 2023 yil 1 yanvargacha ozod etildi.
Byudjet tashkiloti tomonidan Byudjet kodeksining 60-63-moddalarida keltirilgan daromadlarning qaysilariga nisbatan soliqlar hisoblab chiqarilishi kerak boʻlishini va qaysilariga nisbatan soliqlar hisoblab chiqarilmasligini har bir daromad turi yuzasidan aniq koʻrsatib berishlaringizni soʻrayman.
Ekspertlarning javoblari:

Byudjet tashkiloti tomonidan Byudjet kodeksining 60-63-moddalarida belgilangan manbalardan olingan qoʻshimcha daromadlarning barchasiga nisbatan soliq imtiyozlari qoʻllanadi (29.12.2017 y. PQ-3454 23-bandi).

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.