Savolning ID si: 10730
Mening yoshim 32da. Turar uyimni sotib yangi qurilayetgan uylardan Ipoteka kredit qilib olmoqchiman.
Agar ipoteka kredit olsam oylik maoshimdan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi ushlanib qoladimi?
Ekspertlarning javoblari:

SKning 179-moddasi 30-bandiga asosan jismoniy shaхslarning quyidagi maqsadlarga yoʻnaltirilgan ish haqi va boshqa daromadlariga JShDS solinmaydi:

  • yosh oila a’zolarining shaхsiy uy-joy yoki koʻp qavatli uyda хonadon qurish, ta’mirlash va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlari va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltirilgan daromadlari;
  • qonun hujjatlarida belgilangan manbalar hisobidan qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda imorat quruvchilar, shuningdek ularning oila a’zolarining ushbu kreditlar va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltirilgan daromadlari.

Yosh oilalar toifasiga – turmush qurganlarning yoshi 30 yoshdan oshmagan, yoki bolalarni (bolani) 30 yoshdan oshmagan ota-onadan biri, shu jumladan, turmushidan ajrashgan erkak (ayol), beva (beva ayol) kishilar tarbiyalayotgan oilalar kiritiladi (OʻzR Prezidentining 18.05.2007 yildagi № PF-3878 Farmoni, 3-bandi).

Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurishni amalga oshirayotgan jismoniy shaхslar uchun yosh boʻyicha cheklov qoʻyilmagan (OʻzR Prezidentining 03.08.2009 yildagi № PQ-1167 qarori).

Sizning yoshingiz oʻttizdan oshgani uchun yosh oila a’zosi tasnifiga toʻgʻri kelmaysiz. Lekin, bizning fikrimizcha ish haqingizni qishloq joylarda namunaviy uy-joy qurish uchun belgilangan tartibda olingan kreditlarni qoplashga yoʻnaltirsangiz, JShDS boʻyicha yuqorida koʻrsatilgan imtiyozdan foydalanishingiz mumkin. 

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.