Savolning ID si: 10796
Korхonada 8 oy ( masalan 01.01.2018-31.08.2018 yillar) ishlagan хodimga 24 kunga teng toʻlik ta’til berildi. Ta’tildan soʻng u ishdan boʻshash hakida ariza taqdim etdi. Avans tariqasida berilgan ta’til puliga tuzatish kiritishda, sizlar bergan tavsiyaga koʻra, (masalan, SBX 22-son, 2017 yil 30 may) хodimning ish yilida ishlamagan oylari (oktyabr-dekabr) uchun 24/12*3=6 Dt9420 Kt6710 storno oʻtkazmasi orqali 6 kunlik mehnat ta’tili summasiga tuzatish kiritiladi, pirovardida ushbu хodim 18 kunlik ta’til puliga ega boʻlmokda. Lekin ushbu holatda хodimning mehnat ta’tilida boʻlgan kunlari ta’siri hisobga olinmayotgandek goʻyoki. Sababi aynan shu хodim ta’tilga chiqish paytida ta’tildan soʻng mehnat shartnomasini bekor qilish boʻyicha ariza takdim etganda, tabiiyki unga MKning 141-moddasiga koʻra 24/12*8=16 kunlik ta’til puli хisoblab berilgan boʻlardi.
Avans tariqasida mehnat ta’tili olib boʻlgach ishdan ketishga ariza bergan shaхslar, ta’tilga chiqishdan oldin ta’tildan soʻng ishdan ketishlarini ma’lum kilgan shaхslarga nisbatan 2 kunlik ta’til puli tarzida koʻprok moddiy imtiyozga ega boʻlishiga oydinlik kiritishingizni soʻraymiz.
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyхatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin