Savolning ID si: 10833
Bizning tashkilot asosan Loyiхa ishlari bilan shugʻullanadi 2017 yilda Toshkent Irrigatsiya institutini bitirgan talaba 2017 yilning noyabr oyidan muхandis lavozimiga ishga qabul qilingan.Xodim tomonidan yozilgan arizaga asosan PF-5106 (Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish toʻgʻrisida) sonli farmonning 13 bandida koʻrsatilgan 9 хat boshida oylik maoshidan ushlanadigan daromad soligʻi 50 foizga 2-3 yil uchun 25 foizga kamaytirish soʻralgan.
PF-5106 sonli farmon amalaga oshiriladimi yoki yukmi? Amalga oshirilsa qaysi tartibda?
Ekspertlarning javoblari:

Bizda mavjud ma’lumotlarga koʻra, hozirgi kunda Moliya Vazirligi tomonidan 05.07.2017 yildagi PF-5106 sonli Farmon normalariga aniqlik kiritish maqsadida Prezident Qarorining loyihasi ishlab chiqilgan va Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. Qaror loyihasida PF-5106 sonli Farmon normalarining kuchga kirish sanasi va ularni qoʻllash tartibi nazarda tutilgan. Mazkur Qaror chiqqanidan keyin PF-5106 sonli Farmonda belgilangan soliq imtiyozini qoʻllashga doir masalalarga oydinlik kiradi degan umiddamiz.

Qaror chiqishi bilan albatta bu haqida ma’lumot beramiz. 

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.