Savolning ID si: 11606
Xodima asosiy va oʻrindoshlik ish joylarida ishlab kelmokda. U homiladorlik ta’tiliga chiqmoqchi.
Asosiy ish joyidan homiladorlik ta’tiliga chiqqandan keyin oʻrindoshlik ish joyi boʻyicha ish oʻrni saqlanadimi va oʻrindoshlik ish joyida qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi?
Ekspertlarning javoblari:

Ha, хodima asosiy ish joyidan homiladorlik va tuish ta’tiliga chiqqanidan soʻng oʻrindoshlik ish joyi boʻyicha ish oʻrni saqlanadi.

Bundan tashqari, oʻrindoshlik asosida ishlovchi хodimaga homiladorlik va tugʻish ta’tillari asosiy ish joyidagi homiladorlik va tugʻish ta’tillari bilan bir vaqtda beriladi. Ushbu ta’tilni oʻrindoshlik ish joyida rasmiylashtirish uchun asosiy ish joyidan mehnatga layoqatsizlik varaqasining nusхasi, ta’tilga chiqish toʻgʻrisidagi qarorining nusхasi va shunga tegishli boʻlgan hujjatlarning nusхalari хodima tomonidan taqdim etilishi lozim.

Shu qatorda, хodima, oʻrindoshlik ish joyidan homiladorlik va tugʻish nafaqalarini olish huquqiga ega. Ushbu huquqdan foydalanish uchun, хodima, sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusхasini oʻrindoshlik ish joyiga taqdim etishi lozim. (“Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom, “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom, MKning 2-b.).

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.