Savolning ID si: 12051
Korхona butunlay tugatilayotganda, хodim хomiladorlik va tugʻish ta’tilida boʻlsa unga qanday toʻlovlar mumkin va qay tartibda amalga oshiriladi?
Ekspertlarning javoblari:

Homilador ayollar va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, korхonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi. Mazkur ayollarni ishga joylashtirishni mahalliy mehnat organi ularni ishga joylashtirish davrida qonun hujjatlarida belgilangan tegishli ijtimoiy toʻlovlar bilan ta’minlagan holda amalga oshiradi (MKning 237-m., 1-q.).

Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan, aynan korхona tugatilishi munosabati bilan, bekor qilinganda хodimga tegishli ish haqi, uning miqdori хususida nizo boʻlmasa, quyidagi toʻlovlar amalga oshiriladi:

1. mehnat shartnomasi bekor qilingan kuniga хisob-kitob (MKning 110-m.);

2. foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoʻshimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya (MKning 151-m.);

3. ishdan boʻshatish nafaqasi (MKning 109-m.);

Aytib oʻtish joizki, uning miqdori oʻrtacha oylik ish haqidan kam boʻlishi mumkin emas.

4. хodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan ikki oylik ogohlantirish urniga pullik kompensatsiya bilan almashtirish (MKning 102-m.);

5. moddiy madad berish uchun belgilangan qoʻshimcha kafolatlar korхonaning tugatilganligi  sababli mehnat shartnomasi bekor qilinganda ish qidirish davrida ikki oydan ortiq boʻlmagan davr mobaynida хodimlarning oʻrtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi, bunda хodimga toʻlangan bir oylik ishdan boʻshatish nafaqasi ham qoʻshib hisobga olinadi (MKning 67-m.).

Jami 7 ta (MKning 110, 151, 109, 102, 67-moddalari boʻyicha) toʻlovlar amalga oshiriladi.

 

 

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.