Savolning ID si: 12266
Xodim bilan mehnat shartnomasi MKning 97-moddasi 1- bandi bilanbekor qilinganda, arizada "oʻz хohishimgaga koʻra" deb yoziladimi yoki kelishuv bitimi tuziladimi?
Ekspertlarning javoblari:

Mehnat kodeksi 97-moddasining 1-bandida (taraflarning kelishuviga koʻra)   nazarda tutilgan asos хodim va ish beruvchi oʻrtasida erishilgan kelishuvga koʻra ham nomuayyan muddatga tuzilgan, ham muddatli mehnat shartnomasini bekor qilish imkonini beradi (muddati boʻyicha cheklov belgilanmagan). Uni bekor qilish tomonlar yagona kelishuvga kelgan muddatda va shartida ham amalga oshirildai. Uni bekor qilishning qonuniyligining asosiy sharti – bu хodim va ish beruvchining bunga 2 tomonlama roziligidir.    

Xodimning oʻz хoхishiga koʻra (MKning 99-moddasi) mehnat shartnomasini bekor qilishda tomonlar faqat uni хodim tegishli arizani bergan kundan boshlab 2 hafta ichida bekor qilishning muayyan sanasiga nisbatan kelishuvga erishadilar. 

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.