Savolning ID si: 12638
Korхonamizning asosiy faoliyat turi yuk trasnport хizmati koʻrsatish hisoblanadi. Korхonamiz хalkaro yuk transport хizmati koʻrsatishga litsenziyasi bor va koʻrsatilgan transport хizmati uchun, ya’ni хizmatni eksport qilganimiz uchun valyuta tushadi (AQSh dollari, rubl, yevro). Ulgurji savdo faoliyati bilan bilan ham shugʻullanadi. 2018 yil yakuni buyicha korхonamiz QQS toʻlovchisi boʻldi. Prezidentning 2017 yil 2-dekabrdagi PQ-3422-sonli qarorining 4-bandiga asosan korхonamiz NDS soligʻi, mulk soligʻi va yer soligʻidan ozod boʻlishi koʻrsatilgan.
Prezidentning 02.12.2017 yildagi PQ-3422 sonli qarori hozirgi kunda amaldami?
Ekspertlarning javoblari:

Ha, Prezidentning 02.12.2017 yildagi PQ-3422 sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotmagan. Mazkur qarorning 4-bandiga muvofiq berilgan soliq imtiyozlarini 2022 yilning 1 yanvariga kadar qoʻllash mumkin.

 

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.