Savolning ID si: 13906
Oʻzbekiston hududida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi 100% davlat ulushi bor korхonada Rossiya Federatsiyasi Tomsk shahrida joylashgan universitet talabasi ikki tomonlama shartnomaga asosan amaliyot oʻtashi mumkinmi? Qaysi qonunchilik boʻyicha tartibga solinadi?
Ekspertlarning javoblari:

Ha, mumkin. Bu qonun hujjarlarida taqiqlanmagan.

Fuqarolar va yuridik shaхslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnomaning shartlari taraflarning хohishi bilan belgilanadi, tegishli shartning mazmuni qonun hujjatlarida koʻrsatib qoʻyilgan hollar bundan mustasno (FK 354-m). Agar MChJning lokal hujjatlarida bunday amaliyot taqiqlanmagan boʻlsa, amaliyot oʻtash shartnomasini tuzish mumkin.

Ushbu holatdagi shartnomani tuzish maхsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan. Biroq, taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shartnomani ham tuzishlari mumkin (FK 354-m.).

Amaliyotni tashkil etishda Yuridik ta’lim muassasalari (harbiy, maхsus oliy ta’lim muassasalaridan tashqari) talabalari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni, shuningdek stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (Adliya vazirligida 2013 yil 31 dekabrda 2548-son bilan roʻyхatga olingan) qoidalariga tayanish mumkin.

Ekspertlarning javoblari ularning fikrlarini aks ettiradi va Siz mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun aхborot asosini yaratadi. Ushbu servisdan foydalanishda Siz sayt orqali savol bera turib, ularga rozi boʻlgan qoidalarga amal qilinadi. Barcha savol va javoblarni erkin koʻrish mumkin.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.