Savolning ID si: 14192
Tashkilotimiz aholiga puli tibbiy xizmat koʻrsatuvchi xususiy korxona hisoblanadi. PQ-2863 sonli qarorning 8-bandida aholiga puli tibbiy xizmatlar koʻrsatadigan tibbiyot muassasalari 2022 yilning 1 yanvarigacha soliq imtiyoziga ega ekanligi koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu imtiyozdan foydalanib kelamiz. 2019 yilning boshida klinikaning faoliyatini kengaytirish maqsadida boshqa tumandan bino sotib olindi va ushbu binoda yangi klinika va mehmonxona barpo etish maqsadida qurilish ishlari boshlandi. Hozirda qurilish rekonstruksiya ishlari davom etmoqda. Muammo shundaki, mazkur bino joylashgan tuman davlat soliq inpeksiyasi ushbu bino va u joylashgan yerga nisbatan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi undirishmoqchi. Biz esa yuqoridagi imtiyozga asosan yer va mol-mulk soliqlarini toʻlamoqchi emasmiz.
Agar aholiga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi korxona boshqa tumandan bino sotib olib, ushbu binoda yangi klinika va mehmonxona barpo etish maqsadida qurilish ishlarini olib borsa, shu bino va u joylashgan yer uchastkasi uchun mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlashi kerakmi?
Ekspertlarning javoblari:

Maqolaning toʻliq matnini oʻqish uchun saytga kiring (roʻyxatdan oʻting)

Voydite pod svoyey uchetnoy zapisyu ili zaregistriruytes.

norma.uz saytidagi oʻz hisob yozuvingizdan foydalanishingiz mumkin