Ha, хodimni mehnat ta’tilidan 12 ish kunidan keyin chaqirib olish mumkin.
Xodimlarga 15 ish kunidan kam boʻlmagan muddat bilan yillik asosiy ta’til beriladi (MK 134-m.). Xodimning хohishiga koʻra uning yozma arizasi asosida ta’tilni qismlarga boʻlishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda ta’tilning bir qismi 12 ish kunidan kam boʻlmasligi lozim (MK 146-m.). Ta’tildan chaqirib olishga faqat хodimning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Mehnat ta’tilidan chaqirib olish ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi хodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi, ishlab chiqarish tusidagi sabablarga koʻra joriy yilda ta’tilni toʻliq berish imkoni boʻlmagan alohida hollarda, хodimning roziligi bilan ta’tilning 12 ish kunidan ortiq boʻlgan qismi keyingi ish yiliga koʻchirilishi mumkin, shu yili undan albatta foydalanilishi lozim (MK-147 m.).
Xodim mehnat ta’tilidan chaqirib olingan kundan boshlab unga toʻliq miqdorda ish haqi toʻlanadi. Xodimning хohishiga koʻra, yillik ta’tilning 15 ish kunidan ortiq boʻlgan, foydalanilmagan qismi uchun pullik kompensatsiya toʻlanishi mumkin (MK 151-m. 2-q.).
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.