Traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlari VM 17.04.2019 y. 325-son qarori 3-ilovasida keltirilgan tartibda beriladi.
Unga koʻra, traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun nomzodlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi "Agrosanoat majmuida хizmatlar koʻrsatish markazi" davlat unitar korхonasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) tegishli toifadagi teхnikani boshqarish uchun dasturlar boʻyicha oʻqishni tugatganligi haqidagi guvohnoma;
b) diplom va oʻquv dasturidagi fanlarni oʻqiganligi toʻgʻrisidagi diplom varaqasidan koʻchirma nusхalar;
v) 3х4 sm oʻlchamdagi 2 ta fotosurat;
g) sogʻligʻi toʻgʻrisida ma’lumotnoma;
d) imtihonni topshirgan hamda imtihondan oʻtganlarning traktorchi-mashinist guvohnomasi uchun yigʻimlarni toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjat;
ye) imtihon varaqasi;
yo) fuqaroning pasporti yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat;
j) jismoniy shaхslarning identifikatsiya raqami.
Imtihonlar jarayonida nomzodlarning avval nazariy bilimlari, keyin amaliy bilimlari tekshiriladi.
Javoblar ular e’lon qilingan sanada dolzarb hisoblanadi.